Mikrokredit va mikroqarz miqdorlari oshirildi
Jismoniy shaxslarga 50 mln. so‘mdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz beriladi.

Qonun bilan, “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishga ko‘ra, qarz oluvchiga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun 300 million so‘mdan oshmaydigan summada mikrokredit beriladi. (Ilgari BHMning 1000 baravari (223 mln. so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan).

Markaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Shuningdek, jismoniy shaxslarga 50 mln. so‘mdan oshmaydigan miqdorda mikroqarz berilishi belgilandi. (Ilgari BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m) miqdoridan oshmaydigan summada berilgan).
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



