14-oktabr, chorshanba08:53Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi

Prezident Farmoniga ko‘ra, 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar ayrim faoliyat tarmoqlari uchun soliq yuklaridan imtiyozlar beriladi.

1 daqiqa o'qish356 marta o'qildi

“Koronavirus pandemiyasi va global inqirozli hodisalarning iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yilning 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar:

  • yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliqning eng kam miqdori oyiga BHMning 50 foiziga kamaytiriladi;
  • alkogol mahsulotlari bilan ulgurji savdo qiluvchi korxonalarning ajratmalari 5 foizdan 3 foizga kamaytiriladi;
  • alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun umumiy ovqatlanish tashkilotlarining yig‘im miqdori belgilangan miqdordan 25 foizga kamaytiriladi.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi