16-oktabr, juma01:37Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD12 011,65▲ 48,49EUR13 462,66▲ 72,30RUB143,17▲ 0,84CNY1 795,17▲ 7,70GBP15 911,83▲ 41,50JPY76,05▲ 0,55KRW8,93▼ 0,02CHF14 466,64▲ 108,55KZT26,51▲ 0,04
Iqtisodiyot va biznes

Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

Loyihani amalga oshirish doirasida 25 mln. AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi.

1 daqiqa o'qish75 marta o'qildi

“Sirdaryo viloyatida ixtisoslashtirilgan savdo-logistika terminalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida:

Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi bo‘limlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Shuningdek, savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi