14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Timur Ishmetov tashqi qarzlarni jalb qilish uchun dastlabki muloqotlar boshlanganini ma’lum qildi

2020 yilda byudjetni qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlari va boshqa manbalar hisobidan 1 mlrd AQSh dollari miqdorigacha tashqi qarz mablag‘larini jalb qilish choralari ko‘riladi.

1 daqiqa o'qish120 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri Timur Ishmetov “O‘zbekiston” telekanaliga bergan intervyusida xalqaro moliya tashkilotlari rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mablag‘lar ajratishi haqida aytib o‘tdi.

Bu mablag‘lar ishlab chiqarish, bandlikni ta’minlash, aholi farovonligini yaxshilashga qaratilgan siyosatni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

“O‘zbekistonda so‘nggi uch yil davomida amalga oshirilayotgan beqiyos islohotlarning natijalarini butun dunyo ko‘rib turibdi. Xalqaro moliya institutlari mazkur islohotlarni takror-takror e’tirof etib kelmoqda. Bu islohotlar ana shu mablag‘larning tezkorlik bilan jalb qilinishiga zamin yaratgan. Ayni kunlarda dastlabki muloqotni boshladik. Xalqaro moliya tashkilotlari vakillaridan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini shu kungacha dunyo mamlakatlari tomonidan qabul qilingan chora-tadbirlar orasida eng mukammali deb e’tirof etdi.

Ularni ayniqsa, farmonning ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan qismi hayratga soldi. Xalqaro moliya tashkiloti vakillarining ta’kidlashicha, ular bu farmonni qisqa muddatda, 4-6 hafta ichida ajratilishi ko‘zda tutilgan mablag‘ning berilishiga kafolat deb hisoblashmoqda”, dedi moliya vaziri.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi