# Prezident Farmoni

O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayramida nechi kun dam oladi
Prezident farmoniga ko‘ra 29 avgust — shanba 5 kun ishlaydiganlar ham 6 kun ishlaydiganlar uchun ham ish kuni hisoblanadi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga byudjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratiladi
Ushbu mablag‘lar joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo‘naltirilishi belgilangan.

Bir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi
Ko‘makka muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan oilalarning har bir a’zosiga yordam puli ajratiladi. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, keksa yoshdagi hamda nogiron shaxslarning nafaqalari 10 foizga oshadi.

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi.

Prezident 258 nafar mahkumni afv qildi
Afv etilganlarning 164 nafari taqiqlangan tashkilotlar ishtirokchilari.

Moddiy yordam oluvchilar soni qo‘shimcha 10 foizga oshiriladi
Pandemiya davrida aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi
Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

Bank tizimini isloh qilish 5 yillik strategiyasi tasdiqlandi
Umumiy kreditlash hajmida nobank kredit tashkilotlari ulushi joriy 0,35 foizdan 2025 yilga kelib 4 foizgacha oshiriladi.

Kamida 1000 ta ish o‘rinli yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishlari tashkil etiladi
“To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo‘llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoniga ko‘ra, yangi tikuvchilik-to‘qimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida 1000 ta ish o‘rnini tashkil etishga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.

Toshkentdan uy sotib olish uchun propiska so‘ralmaydi
21 aprel kuni imzolangan Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda Toshkent shahri va viloyatidan uy sotib olish uchun propiska talab qilinmaydi.

Prezidenti huzurida Jamoatchilik palatasi tashkil etildi
Hududiy jamoatchilik palatasi jamoatchilik asosida ishlaydigan 21 nafar a’zodan iborat bo‘lib, ular hududlarda faoliyat olib borayotgan NNTlar, ilmiy doiralar, OAVlar va keng jamoatchilik vakillaridan shakllantiriladi.

Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
"Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Prezident farmoni imzonlandi.

Qarorlar kambag‘allik darajasiga ta’sirini baholash nuqtai nazaridan ekspertizadan o‘tkaziladi
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmlarini joriy etadi, kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha strategiya va dasturlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshiradi.

Ayrim faoliyat tarmoqlariga olti oylik imtiyoz beriladi
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2020 yil 1 aprelidan 1 oktyabriga qadar ayrim faoliyat tarmoqlari uchun soliq yuklaridan imtiyozlar beriladi.

Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi
2020 yil 1 iyunga qadar eksportni oldindan moliyalashtirishga qaratilgan Eksport-kredit agentligi tashkil qilinadi.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni xalq manfaatlari yo‘lida izchil davom ettirish maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilingan holda tayyorlandi.

“Elektron parlament” tizimi joriy etiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yil yakuniga ko‘ra qabul qilingan har bir qonun xalq tomonidan qanday baholangani va uning samaradorlik darajasi monitoring qilinadi.

1 apreldan FHDYolar adliya tizimiga o‘tadi
Prezident Farmoniga ko‘ra, 2020 yil 1 apreldan boshlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga o‘tkaziladi.

Prezident farmoni bilan ijodiy ishlarga gonorarlar miqdori belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-sonli) Farmoni imzolandi.

Yo‘l-qurilish korxonalari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi
“O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi joriy etildi
“Ipoteka krediti mexanizmlarini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.