14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga byudjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratiladi

Ushbu mablag‘lar joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo‘naltirilishi belgilangan.

1 daqiqa o'qish286 marta o'qildi

Prezident farmoniga muvofiq, byudjetdan qo‘shimcha 2 trillion so‘m ajratilib, ushbu mablag‘lar 1 million 700 ming nafar yordamga muhtoj aholi, 3 million 700 ming nafar pensioner va joriy yil yakuniga qadar qo‘shimcha 500 ming nafar ijtimoiy nafaqa oluvchilarga yo‘naltirilishi belgilangan.

Xususan, o‘tgan 5 kunda ehtiyojmand oilalarga jami 148 milliard so‘m moddiy yordam tarqatildi. Avgust oyida 1 million 700 ming aholi va 50 mingdan ziyod tibbiyot xodimlariga 780 milliard so‘m to‘lanishi ko‘zda tutilgan.

Moddiy yordam va ko‘makka muhtoj oilalar ro‘yxatlarini to‘g‘ri va haqqoniy shakllantirish, ajratilgan mablag‘larni adolatli tarqatish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Aholiga ijtimoiy yordam to‘lovlarini yetkazib berish bo‘yicha sektor rahbarlari va mahalla mutasaddilarining mas’uliyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Nozirlik organlariga mablag‘larning to‘g‘ri taqsimlanishi va to‘lanishi yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatish, qonun buzilishi holatlarining oldini olish topshirildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi