14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Ayrim mikrofirma va kichik korxonalarga ijtimoiy soliq stavkasi kamaytiriladi

Pandemiya davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish188 marta o'qildi

“Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub’yektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yilning 1 mayidan 1 iyuligacha bo‘lgan davrda mikrofirma va kichik korxonalarga (aksizosti tovarlar ishlab chiqaruvchilar, davlat korxonalari va ustav jamg‘armasida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) ijtimoiy soliq stavkasi 12 foizdan 1 foizgacha kamaytiriladi.

Mikrofirma va kichik korxonalarda 2020 yil 15 may holatiga soliqlar, penyalar va soliq qonunchiligini buzganlik uchun hisoblangan jarimalar bo‘yicha mavjud bo‘lgan qarzdorlikni undirish 2020 yil 1 sentyabrgacha to‘xtatiladi.

Bunda ularga 2020 yil 15 may holatiga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ijro etilmagan to‘lov topshiriqnomalarini qaytarib olish huquqi berildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi