14-oktabr, chorshanba10:39Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Issiqxonalar o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi

20 maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3 baravardan 30 baravargacha miqdorda subsidiyalar ajratiladi.

1 daqiqa o'qish453 marta o'qildi

“Tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 maydan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari o‘rtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida:

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
  • sug‘orish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
  • urug‘lik va ko‘chatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha.

qishloq xo‘jaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xo‘jaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilg‘or sohalarda tashkil etiladi).

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi