14-oktabr, chorshanba10:39Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yo‘qotdi

Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.

1 daqiqa o'qish314 marta o'qildi

2020 yilda Top-500 talikka kiruvchi dunyoning eng badavlat insonlari koronavirus tarqalishi hamda neft narxining tushib ketishi sababli qariyb 1 trillion dollar yo‘qotgan. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

12 mart kuni dunyoning eng badavlat 500 insoni yo‘qotgan mablag‘lar miqdori 331 milliard dollarni tashkil etgan. Bu agentlikning eng boy odamlari reytingidagi sakkiz yillik tarixida kuzatilgan eng katta bir kunlik pasayish hisoblanadi.

Yil boshidan buyon Top-500 ga kiruvchi biznesmenlar jami 950 milliard dollar (umumiy mablag‘larining 16 foizi) yo‘qotgan.

2020 yil boshida dunyoning eng badavlat insonlarining umumiy boyligi 6,1 trillion dollarga baholangan edi.

Ushbu mablag‘lar koronavirus pandemiyasi sabab yuzaga kelgan qo‘rquv hamda neft narxining tushib ketishi oqibatida yo‘qotilgan.

Bu kabi yo‘qotishlar birinchi navbatda Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyai rahbari Bernar Arnoga ta’sir qildi. U 9,5 milliard dollaridan ayrilgan. Shuningdek, Amazon asoschisi Jeff Bezos (8,1 milliard dollar), Microsoft asoschisi Bill Geyts (6,9 milliard dollar) yo‘qotgan.

Top-500 reytingiga kiruvchi rossiyalik tadbirkorlar bir kun ichida 15,4 milliard dollaridan ayrilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi