Navro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.

Bugun koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda bir qator qat’iy choralar belgilandi.
Koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonda Navro‘z umumxalq sayllari ham bekor qilinadi.
Ommaviy marosimlar, jumladan, uloq-ko‘pkari, kurash va boshqa odamlar ko‘p to‘planadigan tadbirlar vaqtincha o‘tkazilmaydi. Barcha davlat va nodavlat tashkilotlarida majlislar o‘tkazish ham vaqtincha to‘xtatiladi.



