14-oktabr, chorshanba09:00Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolg‘on xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi

Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolg‘on va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora ko‘radi.

1 daqiqa o'qish592 marta o'qildi

Bugun koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligida yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda bir qator qat’iy choralar belgilandi.

Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko‘radi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo‘mitasi jalb qilingan. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar yetarli darajada g‘amlangan.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi

Shuningdek, karantin vaqtida yolg‘on va tekshirilmagan hamda odamlarda vahima uyg‘otadigan xabarlar tarqatgan shaxslarga nisbatan amaldagi qonunchilik doirasida jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Hozirda epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi