14-oktabr, chorshanba10:46Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga yordam ko‘rsatish uchun 40 million yevro ajratdi

YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.

1 daqiqa o'qish70 marta o'qildi

O‘zbekiston hukumati va Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga qo‘shimcha yordam ko‘rsatish uchun 40 mln yevro miqdorida moliyalashtirish o‘g‘risidagi bitimni imzoladi.

Ko‘zda tutilayotgan harakatlar fermer xo‘jaliklari va agrokorxonalarga yordam ko‘rsatish uchun davlat xizmatlarini kuchaytirishga qaratilgan 2020−2030 yillarda agrooziq-ovqat sektorini rivojlantirish davlat strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston hukumatini qo‘llab-quvvatlashni ko‘zda tutadi.

YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi