Jahon iqtisodiyoti
458 ta material
Iqtisodiyot va biznesAQSh Federal zaxira tizimi stavkalarni nolgacha tushirdi
Federal zaxira tizimi, shuningdek, banklarga «diskont oyna» deb nomlanuvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kredit berish shartlarini ham o‘zgartirgan (xuddi 2008 yilgi inqirozdagi kabi). Ushbu kreditlar stavkasi birdaniga 1,5 foiz punktiga — asosiy stavka esa — 0,25 foizga pasaytirilgan. Bu diskont stavkalarining tarixiy minimum hisoblanadi (hatto 2008—2009 yillarda 0,5 foizni tashkil etgan). Bundant ashqari FZT bu turdagi zayomlar muddatini bir kundan 90 kunga qadar uzaytirdi.
Iqtisodiyot va biznesKoronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun ta’sir ko‘rsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.
Iqtisodiyot va biznesDunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekistondagi 500 mingdan ortiq aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi
Jahon banki O‘zbekistonda suv ta’minoti tizimini rivojlantirish uchun 239 mln. dollar ajratadi. Ushbu loyihani amalga oshirish natijasida O‘zbekistonning uchta hududidagi aholisi yanada sifatli suv ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlaridan foydalana olishi kutilmoqda.
Iqtisodiyot va biznesYevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektoriga yordam ko‘rsatish uchun 40 million yevro ajratdi
YeIning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Eduards Stiprays mazkur byudjet yordami Qishloq xo‘jaligi vazirligi va mamlakat hukumatiga sektorni modernizatsiya qilish va islohotlarni tezlashtirishga yordam berishini ta’kidladi.
JamiyatShavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e’tirof etildi
Ozarbayjonning “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnali Tahrir hay’ati a’zolarining yakdil qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda “Yil odami” deb e’tirof etildi.
Iqtisodiyot va biznesMonopoliyaga qarshi kurash qo‘mita: UzAuto Motors monopol mavqeini suiiste’mol qilgan holda korxona tomonidan iste’molchi huquqlarini kamsitgan
Eksportga yo‘naltiriladigan Ravon R2 (Spark), Ravon R3 (Nexia), Ravon R4 (Cobalt) Rossiya bozorlarida chegirmalar bilan sotilmoqda, bu esa ichki narxlar bilan 20-50 foizgacha tafovut qilmoqda. Solishtirish uchun, «AvtoVAZ» AJ (Rossiya) mahsulotlarining ichki bozordagi narxlari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi narxlaridan 30-40 foizga arzon.
Iqtisodiyot va biznesMarkaziy bank O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdorini ma’lum qildi
Markaziy bank tomonidan O‘zbekistonning xalqaro zaxirasi miqdori ochiqlandi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.
JamiyatJahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya e’lon qildi.
MulohazaRaqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi?
Raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Deputat Nodir Jumayev bu boradagi mulohazalarini bayon etdi.
MulohazaDunyodagi global iqtisodiy o‘zgarishlarning O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri qanday va qanaqa muhim choralar ko‘rish lozim?
Global iqtisodiyotdagi mazkur salbiy tendensiyalar oqibatlari globallashgan iqtisodiyotning bir qismi sifatida O‘zbekistonga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. Garchi, O‘zbekiston rivojlangan davlatlar singari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lmasa-da, ularda bo‘layotgan jiddiy o‘zgarishlar mamlakat iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi.
JamiyatKoronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?
Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.
Siyosat"Raqamli Toshkent" tizimi ikki yil davomida sinovdan o‘tkaziladi
Keyingi yillarda dunyoda “raqamli shahar” konsepsiyasi ommalashmoqda. Shu tajribadan kelib chiqib, “Raqamli Toshkent” tizimini joriy etish, uni ikki yil davomida sinovdan o‘tkazib, boshqa hududlarga esa tayyor dasturiy ta’minotlarni yetkazib berish rejalashtirilmoqda.
Iqtisodiyot va biznesJamshiz Qo‘chqorov: Xalqaro tovar va moliya bozorlarida yuzaga kelgan vaziyat so‘mning almashuv kursiga ta’siri hozircha neytral
Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va sanoatni rivojlantirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov gaz narxining pasayishi eksport tushumlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi.
MulohazaYeOIIga kirish avtosanoat, maishiy texnika ishlab chiqaradigan qator tarmoqlarga zarba beradi
Mabodo YeOIIga a’zo bo‘lsak, bu turli tarmoq va sohalarimizga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, avtosanoat, maishiy texnika ishlab chiqaradigan qator tarmoqlarga u juda katta salbiy zarba beradi. Negaki, bu tarmoqlar o‘z mahsulotlarini xalqimizga jahon bozoridagi o‘rtacha baholardan yuqori narxlarda sotib kelishyapti. Mabodo YeOIIga kirsak, ular bankrot bo‘lmaslik uchun mahsulotlari narxini pasaytiradi, deydi Iqtisod fanlari doktori, professor Odil Olimjonov.
BozorlarEksportni moliyalashtirish: eksport oldi kreditlari va eksport jarayonlarini sug‘urtalash
Har bir davlatning eksport salohiyatini oshirishda eksport tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, O‘zbekistonda eksportbop tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish, xususan, eksport oldi kreditlari berish hamda eksport faoliyatini sug‘urtalash maqsadida moliya va kapital bozorlarini yanada rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalardan hisoblanadi.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekistonning oziq-ovqat bozorlaridagi narx-navolar
O‘zbekiston hududidagi bozorlarda go‘sht 36 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha sotilmoqda. Guruch esa 3 800 so‘mdan 18 ming so‘mgacha.
JamiyatPutin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq holat haqida gapirdi
Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gaplashdi. Odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari kerak, degan RF Prezidenti.
Iqtisodiyot va biznesKoronavirusning jahon iqtisodiyotiga salbiy ta’siri: O‘zbekiston uchun xulosa va tavsiyalar
COVID-19 epidemiyasi iqtisodiyotning barcha sohalariga salbiy ta’sir qiladi, deydi ekspert Sergey Voronin
Markaziy OsiyoO‘zbekiston Xitoyga insonparvarlik yordamini yubordi
O‘zbekiston Xitoyga ikkinchi partiya insonparvarlik yordamini yubordi. Mudofaa vazirligining CASA C-295 rusumli harbiy samolyoti Toshkentdan Urumchiga jo‘nab ketdi.
