14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.

1 daqiqa o'qish270 marta o'qildi

Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi (EFSA) bayonotiga ko‘ra, hozirda koronavirus COVID-19 infeksiyasi oziq-ovqat orqali insonga yuqishi isbotlanmagan.

Boshqarmaning ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus tarqalishining avvalgi SARS-CoV (koronovirusning o‘tkir-og‘ir respirator sindromi) va MERS-CoV (koronovirusning yaqin-sharqiy respirator sindromi) tajribasi shuni ko‘rsatdiki, virusning manbasi yoki yuqishi oziq-ovqat emas.

“Interfaks”ning yozishicha tez fursatda butun dunyoga tarqalib borayotgan COVID-19 virusini EFSA sinchkovlik bilan kuzatmoqda.

Kasalliklarni oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi (YeCDC) yangi koronavirus odamdan odamga asosan havo tomchilari orqali (aksirish, yo‘talish yoki oddiygina nafas olish orqali) yuqadi. Biroq, markaz aynan hayvonlar Xitoyda boshlang‘ich infeksiyaning manbai bo‘lganini eslatgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi