14-oktabr, chorshanba13:13Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Aziza Shonazarova Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori bo‘ldi

Kolumbiya universitetining professori Aziza Shonazarova endi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori hamda institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

1 daqiqa o'qish348 marta o'qildi

Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘zbeklar orasida birinchi bor AQShdagi Kolumbiya universiteti professori bo‘lgan yosh olima Aziza Shonazarova bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Aziza Shonazarovaga Toshkent davlat sharqshunoslik instituti faxriy professori unvoni berildi.

Shuningdek olimaning tajribasidan foydalanish hamda talabalarda ilm-fanga rag‘batini oshirish maqsadida Aziza Shonazarova institut kafedra mudiri etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonliklar orasida ilk bor Aziza Shanazarova Kolumbiya universitetining tenure track pozitsiyasi, ya’ni umrbod professorlik lavozimiga qabul qilingan edi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi