Davlat tomonidan tartibga solish
675 ta material
SiyosatStrategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonot imzolandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish to‘g‘risidagi Qo‘shma bayonotni imzoladi.
JamiyatSituatsion-tahliliy markaz tashkil etildi
“Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
JamiyatO‘rta biznesga QQS bo‘yicha imtiyoz taqdim etilmaydi
Ilgari xabar qilganimizdek, QHTBT portalida Prezidentning «O‘rta biznesni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e’lon qilingan edi. Shu kunlar ichida bildirilgan fikr-mulohazalarni hisobga olgan holda Soliq kodeksining yangi tahririga ko‘ra tuzatish kiritilgan loyiha portalda e’lon qilindi.
JamiyatPrezident farmoni bilan ijodiy ishlarga gonorarlar miqdori belgilandi
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 maydagi “Mehnatga haq to‘lash, pensiyalar va boshqa to‘lovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5723-sonli) Farmoni imzolandi.
JamiyatMashinali “boyvachcha”lar nega tashvishga tushishlari kerak?
Ma’lumki, yaqinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unda, jumladan, avtomobil egalaridan undiriladigan ikki yig‘im ham joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu ayrim fuqarolarimiz tomonidan salbiy talqin qilinmoqda.
Iqtisodiyot va biznesO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18 dekabr kunining ikkinchi yarmida Tokio shahridagi Akasaka qarorgohida Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Asoni qabul qildi.
SiyosatDavlatimiz rahbari - Nagoya universitetining faxriy doktori
Davlatimiz rahbarining ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda ilm-fan va akademik almashinuvlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni liberallashtirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi islohotlar e’tirofi sifatida Nagoya universitetining ilmiy kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev Nagoya universitetiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi doirasidagi navbatdagi muhim manzil Nagoya universiteti bo‘ldi.
SiyosatDavlatimiz rahbari Yaponiyaga keldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil – Nagoya shahriga keldi.
Iqtisodiyot va biznesYog‘och-qirindili plitalar importini qisqartirishga oid qaror loyihasi muhokamadan olindi
«Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olindi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning hukumatga yaqin manbasi tasdiqladi.
JamiyatO‘zbekistonda organik bozor va restoranlar ochiladi
Ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlarini oshirish va tashqi bozorda «o‘zbek sifati» belgisini mustahkamlash choralari ko‘riladi. Prezidentning bu boradagi tegishli farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi.
Iqtisodiyot va biznes“Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligi oshiriladi
“Qurilish uchun mo‘ljallangan metall prokatining sifati va xavfsizligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesPlastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi
“Ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesTovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan (994-son, 13.12.2019 y.) Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Iqtisodiyot va biznes«Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartishlar kiritildi
«Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Iqtisodiyot va biznesKonstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesSenat yangi tahrirdagi Soliq kodeksini ma’qulladi
Oliy Majlis Senatining shanba kuni bo‘lib o‘tgan 25-yalpi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va ko‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
Iqtisodiyot va biznesSenat davlat boji to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining shanba kuni bo‘lib o‘tgan 25-yalpi yig‘ilishida «Davlat boji to‘g‘risida"gi qonun ma’qullandi, deya xabar berdi parlament yuqori palatasi matbuot xizmati.
Jamiyat2020 yil 1 yanvardan dorixonalarga litsenziya beruvchi vakolatli organ o‘zgaradi
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarining chakana savdosini amalga oshirishga litsenziya berish Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga o‘tkazilmoqda.
Meva-sabzavotchilikka ixtisoslashgan 55 ta tumandagi bog‘lar xatlovdan o‘tkaziladi
“Meva-sabzavotchilik va uzumchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish, sohada qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
