14-oktabr, chorshanba14:07Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Plastik shakldagi kadastr pasporti joriy etiladi

“Ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish974 marta o'qildi

“Ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasini bosqichma-bosqich joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Hukumat qarori (987-son, 12.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, plastik shaklda tayyorlanadigan ko‘chmas mulk ob’yekti kadastr pasportining yangi namunasi:

  • Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahrida – 2020 yil 1 martdan boshlab;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlarda esa – 2020-2022 yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladi.

2020 yil 1 martdan boshlab Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari, Toshkent shahrida joylashgan ko‘chmas mulk ob’yektiga bo‘lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar vujudga kelgan, boshqa shaxsga o‘tgan, bekor bo‘lgan yoki ko‘chmas mulk ob’yektining huquqiy holati o‘zgarganligini tasdiqlash yuzasidan murojaat qilinganda, ariza beruvchiga DXMlar orqali yangi namunadagi kadastr pasporti beriladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi