14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Poytaxtimizda “Hilton Hotels & Resorts” brendi ostida ilk mehmonxona ochildi

“Tashkent City”dagi 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

1 daqiqa o'qish1 786 marta o'qildi

14 dekabr kuni “Tashkent City”dagi 21 qavatli “Hilton” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qiladi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu mehmonxona tadbirlar uchun barcha zallarning tabiiy yoritishga egaligi bilan Toshkentda yagonadir. Bundan tashqari mehmonxona 4 ming odamli sig‘imga ega Kongress-markazining yonida joylashgan.

Barcha anjuman zallari 1 va 2-qavatlarda joylashgan bo‘lib, anjuman va boshqa tadbirlar davomida mehmonlarning harakatlanishini osonlashtiradi.

“Hilton”ning tadbirlar o‘tkazish uchun mo‘ljallangan umumiy maydoni 2 453 kvadrat metrni tashkil qilib, o‘z ichiga 5 ta ko‘p funksiyali anjumanlar zalini hamda yozgi ayvonga chiqadigan keng banketlar zalini oladi.

Mazkur mehmonxona “Hilton” tarmog‘iga asos solinganiga 100 yil to‘lgan sanada ochilishi ham e’tiborga sazovor bo‘lib, Toshkentdagi otel dunyoning ko‘plab mamlakatlarida faoliyati yurituvchi mehmonxonalar tarmog‘ida o‘zining munosib o‘rnini egallaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi