14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlash tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (994-son, 13.12.2019 y.) Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

1 daqiqa o'qish344 marta o'qildi

Hukumat qarori bilan (994-son, 13.12.2019 y.) Tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, tovarlarni kelib chiqishini sertifikatlash bu – O‘zbekistondan eksport va reeksport qilinayotgan tovarning kelib chiqishi to‘g‘risidagi sertifikatni berish, guvohlantirish orqali uning kelib chiqish mamlakatini aniqlash maqsadida ekspertiza o‘tkazish jarayonidir.

Sertifikat Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi yoki u tomonidan vakolat berilgan organ tomonidan beriladi.

Shuningdek, eksport qiluvchi/ariza beruvchining ariza-deklaratsiyasi asosida sertifikat Savdo-sanoat palatasi tomonidan ham berilishi mumkin.

Ekspertizani o‘tkazish va sertifikatni rasmiylashtirish xarajatlarini ariza beruvchi to‘laydi.

To‘lov miqdori xizmat turiga qarab 1 sertifikat (ekspertiza dalolatnomasi/ekspert xulosasi) uchun ariza beruvchi murojaat qilgan kundagi BHMga nisbatan 0,2 dan 1,9 gacha etib belgilandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi