14-oktabr, chorshanba08:05Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Davlatimiz rahbari Yaponiyaga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil – Nagoya shahriga keldi.

1 daqiqa o'qish1 323 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17 dekabr kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil – Nagoya shahriga keldi.

Tyubu xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Yaponiya – O‘zbekistonning strategik sherigi. Bundan 28 yil muqaddam – 1991 yil dekabr oyida Kunchiqar mamlakat O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi. 1992 yil yanvar oyida mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shundan buyon do‘stlik va o‘zaro hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda.

Tashrifning asosiy tadbirlari 18 dekabr kuni boshlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.

Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Shu kuniyoq Yaponiya Bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, parlamentdagi "O‘zbekiston-Yaponiya" do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi