14-oktabr, chorshanba10:44Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi

“Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

1 daqiqa o'qish313 marta o'qildi

“Transport va turizm ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (1010-son, 17.12.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etildi.

Markaz faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri transport va turizm ob’yektlari hamda ularga tutash hududlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, tizimlashtirish, jamlash va tahlil qilish hisoblanadi.

2021 yil 1 yanvarga qadar transport ob’yektlarida xavfsizlikni ta’minlovchi profilaktika inspektorlari mobil videoregistrator hamda qidiruvdagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ega planshetlar bilan, patrul-post xizmati xodimlari esa mobil videoregistratorlar bilan ta’minlanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi