14-oktabr, chorshanba08:07Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Metro qurilishida yuzaga kelgan avariya hududidan besh kishining jasadi tuproq ostidan olib chiqildi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

1 daqiqa o'qish222 marta o'qildi

Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida yuzaga kelgan holat bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati qo‘shimcha ma’lumot berdi.

Avval xabar qilinganidek, Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining yangi qurilayotgan qismida favqulodda holat vujudga kelgan edi. Ayni paytda tegishli vazirlik va idoralar tomonidan yuzaga kelgan holatni zudlik bilan bartaraf etish ishlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga muvofiq sodir bo‘lgan hodisa sabablarini va oqibatlarini joyida o‘rganish, zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga yordam ko‘rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi. Qidiruv va qutqaruv ishlari natijasida tuproq ostidan ikki kishining jasadi olib chiqildi va ularning shaxsi aniqlandi:

1. J.Ravshanov 1989 yilda tug‘ilgan;

2. T.Abdullayev 1957 yilda tug‘ilgan;

3. D.Abdullayev — 1999 yilda tug‘ilgan;

4. A.Diyorov- 1986 yilda tug‘ilgan;

5. I.Raxmatov- 1996 yilda tug‘ilgan.

Hodisa sabablari va oqibatlarini o‘rganish va bartaraf qilish ishlari davom etmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi