14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Yog‘och-qirindili plitalar importini qisqartirishga oid qaror loyihasi muhokamadan olindi

«Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olindi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning hukumatga yaqin manbasi tasdiqladi.

1 daqiqa o'qish1 243 marta o'qildi

«Yog‘och-qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasidan olindi. Bu ma’lumotni Kun.uz’ning hukumatga yaqin manbasi tasdiqladi.

Prezidentning bu haqdagi tegishli qarori loyihasi noyabr oyi oxirida normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjat loyihasida respublikaga import qilinayotgan 1 metr kub yog‘och-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga (TIF TN kodi 4410), 2020 yil 1 yanvardan boshlab qatiy 25 AQSh dollari hamda 2021 yil 1 yanvardan boshlab qatiy 30 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i joriy etish mo‘ljallangandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi