Jamiyat

Transportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qancha muddatga to‘xtatilishi aytildi
Koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida barcha turdagi transport vositalarida xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi tashish 20 mart kunidan boshlab to‘xtatiladi. Ushbu cheklov tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

Elektron kitoblardan foydalanish mumkin bo‘lgan manbalar jamlanmasi
talabalar va o‘quvchilar uchun foydali bo‘ladigan kitobga oid manbalar bilan tanishishingiz mumkin. bu yerda bepul yuklab olish mumkin bo‘lgan kitoblar, iqtisod va tahlilga oid jurnal va badiiy adabiyotlar joylashtirilgan kanallarni topishingiz mumkin.

Fransiyada bo‘lib qaytgan ayolning yaqinlarida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda ilk koronavirus yuqtirgan ayolning yana 3 ta yaqinida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda ushbu virusni yuqtirganlar soni ortdi.

O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi
Bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yana bir qancha cheklovlar o‘rnatilgan.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga ko‘paydi
Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida qonun imzolandi
Qonun bilan aholini ro‘yxatga olishning asosiy prinsiplari belgilandi.

Garvard, Stenford, Yel: Dunyodagi 100 yetakchi universitetlar onlayn ta’lim uchun resurslar bilan o‘rtoqlashdi (+ro‘yxat)
Karantin dunyoga juda ko‘p qiziqarli masofaviy ta’lim uchun resurslarni ochdi va edtech'ni rivojlantirishda sezilarli darajadagi hamkorlikka yordam berdi.

Koronavirus yuqtirganlar soni o‘n nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bugun yana ikki nafarga ko‘paygan. Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlik fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ushbu kasallik aniqlangan.

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin.

O‘zbekistonga xitoylik shifokorlar kelishi mumkin
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida Xitoydan malakalari shifokorlar olib kelinadi.

DSQ: Bozorlardagi mahsulotlarga taqchillik bo‘lmaydi, narxlar ham ko‘tarilmaydi
Barcha yirik savdo markazlari, bozorlar, tovar ishlab chiqaruvchilar, ulgurji yetkazib beruvchilar va dorixonalarning batafsil ro‘yxati tuzilib, har biriga davlat soliq xizmati organlarining mas’ul xodimlari biriktirilgan.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan o‘zbekistonlik ayolning farzandi.

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolg‘on xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi
Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolg‘on va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora ko‘radi.

Navro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga vaqtidan oldin ta’til beriladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada bo‘lib qaytgan.

Uzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi
Aviakompaniya koronavirus tufayli yana bir qancha davlatlarga qatnovni bekor qildi. Reyslari bekor qilingan yo‘lovchilarga chiptani qaytarish qo‘shimcha to‘lovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.

Dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ochiladi
15-25 mart kunlari dehqon bozorlarda "Oziq-ovqat yarmarkalari" ish boshlaydi. Ushbu yarmarkalarda xaridorlarga sifatli va iste’mol uchun xavfsiz bo‘lgan mahsulotlar savdoga chiqariladi.

1995 yilga qadar O‘zbekistonga kirib kelganlarga fuqarolik beriladi
Chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar o‘z istaklari bilan O‘zbekiston fuqaroligini olishi mumkin.

Navro‘zda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda “Yil odami” deb e’tirof etildi
Ozarbayjonning “Tarixiy shaxslar” xalqaro jurnali Tahrir hay’ati a’zolarining yakdil qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019 yilda “Yil odami” deb e’tirof etildi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya e’lon qildi.

14-15 mart kunlari yurtimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
14-15 mart kunlari mamlakatimizning barcha hududlarida “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari o‘tkaziladi.

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?
Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.