Jamiyat

Respublika maxsus komissiyasi axboroti: Toshkent shahri va viloyat markazlarida avtomobillar harakati to‘xtatiladi
30 mart soat 06:00 dan boshlab Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida avtomobillarning harkatlanishi to‘xtatiladi.

Uydan chiqmay turib qayerga borish mumkin?
Toshkent shahar hokimiyati matbuot xizmati COVID-19 haqidagi yangilik va tavsiyalar qatorida, uydan chiqmay sayohat qilishga mumkin bo‘lgan joylar haqida ma’lumot berdi. Bugungi tashrif Toshkent politexnika muzeyiga bo‘ladi.

Kontrakt to‘lashga ulgurmagan talabalar o‘qishdan chetlatilmaydi va talablarning stipendiyasi to‘liq to‘lab beriladi
Karantin tufayli berilgan ta’til sabab to‘lov-shartnoma shartlarini bajarishga ulgurmagan talabalarga (shu jumladan, 1-kursning 2-yarmi uchun to‘lovlarga) rektorlar tomonidan qo‘shimcha muddat beriladi. Shuningdek, karantin davrida talabalarga belgilangan tartibda stipendiya to‘lab beriladi. Faqatgina to‘lov turida o‘zgarish bo‘lishi mumkin – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi
Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor bugun, 24 mart kuni miokard infarktidan vafot etdi. U Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan
O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Koronavirusga chalingan va karantinga olingan bemorlarni davolashga kirishgan shifokorlarning oyligi 25 million so‘mgacha oshirildi
Maxsus to‘lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan, joriy yilning mart oyi uchun, xodimning har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to‘lab beriladi. Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m;

Namangan shahri ham karantinga olindi
Namangan shahriga viloyatning barcha hududlaridan kirish va Namangan shahridan respublikaning barcha hududlariga, shu jumladan viloyat tumanlariga chiqish har qanday transport vositalarida (avtobus, mikroavtobus va yengil avtotransport) to‘xtatildi.

Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya bir oilaga nechi marotaba beriladi?
Ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya berish tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, boshlang‘ich badal uchun subsidiya shaharlarda sotib olinadigan kvartira qiymatining kamida 20 foizi, qishloq joylarda esa kamida 10 foizini tashkil etadi.

O‘zbekistonda kasallik aniqlangan ilk bemor haqida ma’lumot berdi
Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov Fransiyadan kirib kelgan ilk bemor yetib kelgan kuni o‘z xonadonida 35 kishi ishtirokida bayram qilgani haqida va bu o‘rinda kasallik geometrik progressiyada tarqalib ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

Toshkent shahri va viloyatlarda maxsus karantin ob’yektlari quriladi
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi oldini olish maqsadida maxsus karantin ob’yektlari quriladi.

Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lganlar izolyatorga joylashtiriladi
Koronavirusni yuqtirish xavfi darajasiga qarab, koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda va muloqotda bo‘lgan shaxslarga bo‘linadi. Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan yaqin muloqotda bo‘lgan shaxslar provizor gospital yoki izolyatorga joylashtiriladi. Koronavirus aniqlangan shaxslar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar uy karantinida saqlanadilar.

Karantin vaqtida internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlar kechiksa uzib qo‘yilmaydi
23 mart kuni imzolangan “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarorida Internet va telefon aloqasi uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmaganlik uchun o‘chirib qo‘yilmasligi keltirilgan. Shuningdek, xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqarish belgilangan.

Toshkent viloyatida nooziq-ovqat bozorlari va ovqatlanish shoxobchalari yopiladi
Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanadigan barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.

Koronavirusga qarshi kurashda yordam berish maqsadida fond tashkil qilindi
Xalqaro press-klub "COVID-19"ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hukumatga moddiy yordam berish maqsadida fond tashkil qilingani haqida xabar berdi.

Ertadan Toshkentga kirish va chiqish vaqtincha cheklanishi rejalashtirilmoqda
24 martdan boshlab Toshkentdan viloyatlarga chiqish va viloyatlardan Toshkentga kirish jamoat transportlari uchun to‘xtatiladi.

Karantin qoidalariga rioya etmaganlarni qanday jazo kutmoqda?
Koronavirus munosabati bilan belgilangan karantin qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi mamlakat fuqarolariga murojaat qildi.

22 martdan Toshkent shahridagi barcha jamoat transportlari to‘xtatiladi
Jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.

Tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya talab etilmaydi
Aholining salomatligini muhofaza qilish uchun shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va tibbiyot niqobi taqchilligini oldini olish hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga keng imkoniyat yaratish maqsadida tibbiyot niqobini ishlab chiqarish uchun litsenziya kerak bo‘lmaydi.

Prezident O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha ko‘rsatma berdi
160 dan ortiq mamlakatga tarqalgan koronavirus infeksiyasi tufayli O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini mamlakatga olib kelish uchun charter reyslarni amalga oshiradi. O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga olib kelish 21 martdan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston baxtli mamlakatlar reytingida ko‘tarildi va 38 o‘rinni egalladi
Gallup tomonidan an’anaviy ravishda e’lon qilinadigan World Happiness Report 2020 reytingida O‘zbekiston 153 ta mamlakat orasida 38-o‘rinni egalladi. O‘zbekiston MDHga a’zo davlatlar orasida yetakchilikni saqlab turibdi.

23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar va shunga o‘xshash ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi. Bundan tashqari bir qancha ob’yektlar va xizmat faoliyatlari to‘xtatiladi.

Talabalar uchun videodarslardan iborat maxsus kanal ishga tushirildi
Eng malakali professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan videoma’ruzalar ushbu kanalga muntazam joylashtirib boriladi.

Poytaxtda yer narxining minimal qiymati belgilandi
Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar kesimida hamda tumanlar kesimi bo‘yicha narxlanadi.

O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan
Shu vaqtgacha O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan, ularning 7 ming nafariga ruxsat berib yuborilgan.