14-oktabr, chorshanba10:43Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus yuqtirib olgan

O‘zbekistonda 11 nafar shifokor koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan. Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

1 daqiqa o'qish394 marta o'qildi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan 65 nafar bemorlarning 11 nafari shifokorlardir. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishga qarshi chora-tadbirlarni kuchaytirishga bag‘ishlangan videoselektor majlisida aytilgan.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida​

Shuningdek,

  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m;
  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Ushbu to‘lovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sog‘lig‘iga shikast yetkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan to‘lanadigan to‘lovlarni saqlab qolgan holda qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladi.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligiga zudlik bilan 30 mingta ekspress-test xarid qilish topshirilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi