14-oktabr, chorshanba10:41Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor vafot etdi

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bir bemor bugun, 24 mart kuni miokard infarktidan vafot etdi. U Namangan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi.

1 daqiqa o'qish409 marta o'qildi

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00 lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

O‘zbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida​

Bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o‘tkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan. Bugun tongda soat 4:30 da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi