14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘y va boshqa ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi

O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar va shunga o‘xshash ommaviy tadbirlarni o‘tkazish ta’qiqlanadi. Bundan tashqari bir qancha ob’yektlar va xizmat faoliyatlari to‘xtatiladi.

1 daqiqa o'qish256 marta o'qildi

Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi qaroriga muvofiq, barcha hududlarda 21 martdan boshlab, bir qator ob’yektlar va xizmatlar faoliyati to‘xtatilmoqda.

O‘zbekistonda 9 ming nafardan ziyod kishi karantinga olingan

Xususan:

  • ko‘ngil ochar ob’yektlar (shu jumladan, tungi klublar, diskoteka);
  • spa va massaj salonlar;
  • choyxona va oshxonalar (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno);
  • karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari;
  • kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari.

Shuningdek, 23 martdan boshlab, to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi