14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Jamiyat

Transportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qancha muddatga to‘xtatilishi aytildi

Koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida barcha turdagi transport vositalarida xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi tashish 20 mart kunidan boshlab to‘xtatiladi. Ushbu cheklov tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

1 daqiqa o'qish307 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma’lum qiladi.

Barcha avia va avtomobil qatnovlari to‘xtatiladi

Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi