Siyosat

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi
Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa, dedi Prezident ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida.

Shavkat Mirziyoyev: Agar biz bu xatarga beparvo bo‘lsak, odamlarning sog‘lig‘i va taqdirini xavf ostiga qo‘yamiz, o‘lim soni keskin ko‘payadi
Vaziyat hamon jiddiyligicha qolmoqda. Shuning uchun hech qaysi hudud rahbari bizda ahvol yaxshi, deb, xotirjamlikka berilishga haqqi yo‘q, dedi Shavkat Mirziyoyev 17 iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida.

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi
Loyihada soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Akmal Burxonov Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga direktor etib tayinlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi farmoni bilan tashkil etilgan.

"O‘zbekneftegaz" AJ birinchi yarim yillikda qariyb 850 million dollar miqdoridagi investitsiyalarni o‘zlashtirdi
Qo‘shimcha 1 milliard kub metr tabiiy gaz, qariyb 22 ming tonna kondensat va 1,2 ming tonna neft qazib chiqarishga erishilgan.

O‘zbekiston uchun fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam Konvensiyasi kuchga kirdi
Konvensiya fuqarolar va boshqa shaxslarga ularning shaxsiy, mulkiy va nomulkiy huquqlarining ishonchli huquqiy himoyasini ta’minlashga yordam beradi.

Toshkent shahar hokimligi 3 oylik dori-darmon va himoya vositalari zaxirasini shakllantiradi
Zangiota tumanida yaqinda ish boshlagan shifoxonadagi joy soni yana 1000 o‘ringa ko‘paytiriladi.

Prezident Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qildi
Koronavirus tarqalishining oldini olish va davolash bo‘yicha Toshkent shahridagi ishlarni talab darajasida tashkil etmagani, bu kasallik bilan “pastga tushib” mukammal shug‘ullanmagani uchun Alisher Shodmonov va Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga hayfsan e’lon qilindi. Shahar va viloyatning barcha sektor rahbarlari jiddiy ogohlantirildi.

Prezident Toshkent shahri va poytaxt viloyatida o‘lim ko‘paygani sababli yig‘ilish o‘tkazmoqda
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev raisligida koronavirus infeksiyasining poytaxt va Toshkent viloyatida keng tarqalishi hamda dorilarning narxlari asossiz oshayotgani yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tmoqda.

O‘zbekiston elektron hukumatlar reytingida 87-o‘rinni egalladi
Ikki yilda bir marta nashr etiladigan so‘rov natijalarida ta’kidlanishicha, infratuzilmaning sekin rivojlanishiga qaramay, O‘zbekistonda onlayn xizmatlar ko‘rsatish yaxshilandi.

Xotin-qizlarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlari uchun soddalashtirilgan kreditlar ajratiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda jahon bankining 2 million dollar mablag‘i doirasida 15 ming nafar ayolning bandligini ta’minlash loyihalarini jadallashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Prezident topshirig‘i: Test topshirish jarayoni qayta ko‘rib chiqiladi
Shavkat Mirziyoyev Sog‘liqni saqlash vaziriga bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqishni buyurdi.

Ayrim qarorlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, eksport qiluvchilarning avtomobil, havo va temir yo‘l transportida eksportga tashish, shuningdek, garov sifatida sug‘urta xizmatlaridan foydalanganda sug‘urta mukofoti to‘lanadi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari ob’yektlarining xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqildi
“O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Yoshlar ittifoqi rahbari Alisher Sa’dullayev yangi lavozimga tayinlandi
Alisher Sa’dullayev Prezidentning yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Moliya vaziri va Statistika qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Prezidentning 9 iyuldagi qarori bilan bir qancha tayinlovlar amalga oshirildi.

Prezidentning ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF–5177-son Farmoniga jismoniy shaxslar chet el valyutasini tijorat banklari orqali erkin sotishi va sotib olishi hamda sotib olingan mablag‘larni hech qanday cheklovlarsiz tasarruf etishi mumkinligi haqidagi norma kiritildi.

Hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
Hokimliklarning litsenziyalash va ruxsat berishga oid bir qancha vakolatlari boshqa davlat organlariga o‘tkazildi.

Prezident topshirig‘i: Markaziy bank tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqadi
Aholining jamg‘arma va muddatli depozitlari ulushi yirik banklarda o‘rtacha 5 foizni tashkil etadi, xolos. Shu munosabat bilan Prezident Markaziy bankka tijorat banklariga aholi omonatlarini jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha takliflar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratdi
Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi
Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etiladi.

Tsementni “yashil yo‘lak” tizimi orqali import qilish rejalashtirilmoqda
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi sementni import asosida respublikaga “yashil yo‘lak” tizimi orqali olib kirishni taklif qildi. Taklifga ko‘ra, olib kirilayotgan sementni sertifikatlashtirish, laboratoriya sinovidan o‘tkazish belgilangan. Nomuvofiq sement olib kirgan tadbirkorga javobgarlik belgilanadi.

O‘zbekistonda elektron hujjat qabul qilindi
Elektron tizimning joriy etilishi bir qator qulaylik va yengilliklar yaratadi.

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha uchrashuvlarni qayta boshlaydi
O‘zbekiston va Jahon savdo tashkiloti 7 iyuldaa’zo bo‘lish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh majlisini videokonferensiya formatida o‘tkazadi.