14-oktabr, chorshanba08:54Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga murojaat qildi

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa, dedi Prezident ayni vaqtda bo‘lib o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida.

1 daqiqa o'qish83 marta o'qildi

17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev: Agar biz bu xatarga beparvo bo‘lsak, odamlarning sog‘lig‘i va taqdirini xavf ostiga qo‘yamiz, o‘lim soni keskin ko‘payadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida yana bir bor xalqimizga murojaat qilib, jumladan, shunday dedi:

– Har birimiz o‘zimiz, oilamiz, farzandlarimizning sog‘lig‘i va taqdiri uchun avvalo o‘zimiz mas’ul ekanimizni chuqur anglashimiz lozim. Shu munosabat bilan xalq vakillari bo‘lgan deputatlarimizdan, ijodkor ziyolilarimiz, hurmatli jurnalistlarimiz, mahalla faollaridan iltimos qilaman: pandemiya davrida har bir odamning shaxsiy mas’uliyati haqidagi targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishimiz kerak.

Biz pandemiyani qachon yengamiz? Qachonki, har bir odam o‘zidagi beparvolikni yengsa, o‘zi, oilasi va farzandlari, butun xalqimiz hayotiga mas’uliyat bilan qaraydigan bo‘lsa.

Biz shunga qodirmizmi? Albatta, qodirmiz. Ishonchim komil, bugungi vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan mana shunday hissiyot va qarashlar har bir yurtdoshimizning qalbi va ongiga chuqur kirib boradi. Va biz bu sinovdan, albatta, munosib o‘tamiz, – deya ta’kidladi Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Ma’lumki, 15 iyul kuni Toshkent shahri va poytaxt viloyatida pandemiyaga qarshi kurash borasidagi ishlar qattiq tanqid qilinib, aniq vazifalar belgilangan edi. Bu borada ko‘rilgan tezkor chora-tadbirlar bo‘yicha bugun Toshkent shahri hokimi, Bosh prokuror va boshqa mutasaddi rahbarlar hisobot berdi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi