14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Loyihada soliq imtiyozlarini uzaytirish, kafe va restoranlarga yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish hamda muassasalarga kunu tun ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

1 daqiqa o'qish115 marta o'qildi

Umumiy ovqatlanish sohasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Bu haqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.

Hujjatda, jumladan, 2020 yil oxiriga qadar quyidagilarni amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda:

  • bir qator soliq imtiyozlarini uzaytirish;
  • yollanma ishchilar sonini ko‘paytirish;
  • umumiy ovqatlanish yozgi teraslarini joylashtirish tartibini joriy etish;
  • umumiy ovqatlanish va boshqa ko‘ngilochar muassasalarning ish vaqtini 24 soatgacha uzaytirish va boshqalar.

Tashkilotga restoran biznesi va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlar ushbu sohani qo‘llab-quvvatlash uchun inqirozga qarshi choralar ko‘rishga yordam berish bo‘yicha murojaat qilishgan.

Hozirda loyiha tadbirkorlar va SSP jamoat ekspertizasi ishchi guruhi takliflarini hisobga olgan holda takomillashtirilmoqda.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi