Siyosat

O‘zbekiston XMTning Yevropa va Markaziy Osiyoga bag‘ishlangan mintaqaviy sammitida mehnat bozorida pandemiya ta’siriga qarshi kurashish tajribasi bilan tanishtirdi
O‘zbekiston tomonidan qabul qilingan inqirozga qarshi choralar XMTning pandemiyaga qarshi kurashning to‘rtta asosiy tamoyillariga to‘la mos keladi, ya’ni u iqtisodiyot va bandlikni rag‘batlantirishga, korxonalarni, ish o‘rinlari va daromadlarni qo‘llab-quvvatlashga, ishchilarni ish joylarida himoya qilishga va ijtimoiy muloqotga qaratilgan.

Hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malakasi oshiriladi
Rahbar xodimlar, ayniqsa, hokimlarning korrupsiyaga qarshi kurashishdagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etiladi.

Hamma rahbarlar qulog‘iga quyib olsin: sud faoliyatiga aralashishga hech kimning haqqi yo‘q – Shavkat Mirziyoyev
Oxirgi bir yarim yil ichida sudlar tomonidan hokimlarning yer ajratish, bino-inshootlarni buzish va xususiylashtirishga oid 1 ming 730 ta qarori bekor qilingan.

Prezident Oliy sud raisi va Bosh prokurorning protest keltirish huquqini bekor qilishni taklif qildi
Sudlar chiqarayotgan qarorlar faqat sud majlisida tekshirilgan dalillarga asoslanishi lozimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev sudlarga Prezident talabini qo‘ydi
Sud tizimida eskilik sarqiti bo‘lgan “nazorat tartibida ishlarni ko‘rish” amaliyotidan to‘liq voz kechiladi.

Qancha fuqarodan asossiz ayblov olib tashlangani ochiqlandi
Prezidenti raisligida o‘tgan odil sudlovni ta’minlashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida joriy yilning 5 oyida 1 ming 854 nafar shaxsga nisbatan qo‘yilgan asossiz ayblovlar olib tashlangani aytib o‘tildi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Andijon va Chiroqchidagi voqealar esga olindi
Hozirda jinoyatlarga aloqador 11 nafar ichki ishlar xodimlari qonun oldida javob bermoqda.

Korrupsiya haqida xabardor qilish imkonini beruvchi maxsus mobil dastur yaratiladi
2020–2021 yillarda barcha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi (“komplayens-nazorat”) bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi
Agentlik Prezidentga bo‘ysunadi va mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlaydi.

Shavkat Mirziyoyev: Ta’lim qashshoqlikni 60-70 foizga kamaytirishi mumkin (+video)
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi davomida viloyatda kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini ko‘paytirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Chekka qishloqdagi kambag‘al oilalar bandligi ta’minlanmoqda
“Bir mahalla - bir mahsulot” tamoyili asosida bir joyda eksportbop sifatli mahsulot yetishtiriladi, kambag‘al oilalar doimiy daromad manbalariga ega bo‘ladi va bandligi ta’minlanadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto)
Prezidentimiz mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

O‘zbekiston harbiylari Qizil maydonda chiqish qildi (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tantanali paradi Toshkent harbiy okrugi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari Shokir Xairov boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev boshqa davlat Prezidentlari bilan birga “Noma’lum askar” yodgorligiga gul qo‘ydi (foto)
“Noma’lum askar” yodgorligi Ikkinchi jahon urushi o‘choqlarida Vatan himoyasi yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan turli millatga mansub millionlab askarlar, shu jumladan o‘zbek o‘g‘lonlarining ham unutilmas xotirasi uchun bunyod etilgan.

Shavkat Mirziyoyev G‘alabaning 75 yilligiga bag‘ishlangan tantanada ishtirok etdi (foto)
Ekspertlar fikriga qaraganda, mustaqil O‘zbekiston Prezidentining ilk bor qatnashishi paradning nufuzini sezilarli darajada oshiradi. Harbiylarimiz ham mazkur tadbirda yurtimiz istiqlolga erishganidan keyin birinchi bor ishtirok etishlari.

Shavkat Mirziyoyev: Bu – bizning umumiy tariximiz, umumiy g‘alabamiz
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga keldi. Moskva shahridagi "Vnukovo" aeroportida davlatimiz rahbarini Rossiya Hukumatining rasmiy shaxslari kutib oldi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun kechqurun, 23 iyun kuni Kremlda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

IFC Ipoteka-bankga 35 mln. AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutadagi zayom bermoqda
IFC tomonidan Ipoteka-bankiga uning xususiylashtirilishini qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekistondagi kichik va o‘rta biznesni kreditlashni ko‘paytirish maqsadida 35 million AQSh dollari ajratmoqda.

Shavkat Mirziyoyev bugun Rossiyaga amaliy tashrif bilan boradi
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya Prezidentining taklifiga ko‘ra 23-24 iyun kunlari Moskva shahrida bo‘ladi. 24 iyun kuni O‘zbekiston davlat rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk G‘alabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

Apellyasiya kengashining tarkibi 2,5 yil muddatga tasdiqlanadi
Apellyasiya kengashi unda ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan tavsiyaviy tusga ega bo‘lgan xulosa qabul qiladi.

Nizolarni sudgacha hal qilish bo‘yicha apellyasiya kengashlari tashkil etiladi
Apellyasiya kengashining vazifalaridan biri jismoniy va yuridik shaxslar hamda davlat organi o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni sudgacha ko‘rib chiqish va xulosa qabul qilish orqali ularni hal etish choralarini ko‘rish.

“UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (Agentlik) muassisligida aksiyadorlik jamiyati shaklida “UzAssets” investitsiya kompaniyasi tashkil etildi hamda uning asosiy vazifalari belgilandi.

G‘alla o‘rilgan maydonlarni peshma-pesh shudgorlab, takroriy ekinlar ekish bo‘yicha topshiriq berildi
16 iyun kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda o‘rim-yig‘imni har yilgiga nisbatan ertaroq yakunlash uchun barcha imkoniyatlar borligi, buning uchun ishni to‘g‘ri tashkil qilib, hosilni qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yig‘ishtirib olish zarurligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev: Bo‘stonliqda 10 ming o‘ringa mo‘ljallangan ko‘chma dam olish maskanlari tashkil etish mumkin
O‘zbekistonda yangi ichki turizm marshrutlari ochilib, ko‘chma dam olish maskanlarini ko‘paytiriladi.

O‘zini o‘zi band qilgan tadbirkorlar uchun kredit ajratiladi
Prezident 16 iyun kuni o‘tgan yig‘ilishda Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara to‘lovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriq berdi.