Siyosat

Prezident olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislar uchun yordam puli va uy-joy ajratish bo‘yicha topshiriq berdi
16 iyun kuni Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Bosh vazir o‘rinbosarlariga olis hududlarga ishga boradigan yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, Sariosiyo, Oltinsoy va Uzun tumanlaridagi qishloq maktablarida o‘qituvchilar yetishmasligi masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi.

Prezident “NANO Medical Clinic” ko‘p tarmoqli shifoxona faoliyati bilan tanishdi (foto)
Klinikada endokrinologiya, nevrologiya, kardiologiya, oftalmologiya, urologiya, otorinolaringologiya, ultratovush tashxisi, terapiya, fizioterapiya bo‘yicha konservativ davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Shavkat Mirziyoyev: Ilmli odamlar - millatimizning oltin fondi (foto)
Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Talabalar shaharchasi hududida olim va pedagoglar uchun qurib, jihozlangan holda foydalanishga topshirilgan uylarni borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev: Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo‘yicha dunyodan ortda qolib ketgan (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovatsion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib ko‘rdi.

Shavkat Mirziyoyev: Yoshlar imtihondan o‘tish uchun emas, bilimli mutaxassis bo‘lish uchun o‘qishi lozim (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga tashrif buyurdi.

Qonun loyihasiga hokimlarning ayrim vakolatlarini cheklash to‘g‘risida taklif kiritildi
Yer uchastkalarining hokimlar tomonidan olib qo‘yilishiga taqiq belgilash, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish, shuningdek, yer uchastkasini ijaraga olish huquqini tugatish bo‘yicha ularning vakolatlarini cheklash taklif etilmoqda.

Prezident qurilish materiallari, avtomobilsozlik hamda oziq-ovqat sanoatlariga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi
9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda sanoatni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Shavkat Mirziyoyev joriy yil iqtisodiyotda o‘sish sur’atlarini ta’minlash uchun 8 ta asosiy yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi
Shavkat Mirziyoyev 9 iyun kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda davlat rahbari yangicha yondashuv va instrumentlarni qo‘llash orqali iqtisodiyotning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Imkoniyat bo‘la turib, biz kimni boqyapmiz? Xalqimizni boqsak bo‘lmaydimi?
Andijon viloyatida kalsit, Samarqandda kvars, Toshkent viloyatida kaolin, Qashqadaryoda dala shpati va Farg‘onada dolomit xomashyosi bor. Lekin yiliga qariyb 650 ming dona santexnika tovarlari import qilib kelingan.

Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga tashrifidan maqsadi nima ekanligini bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyun kuni Farg‘ona viloyatiga amaliy tashrif bilan keldi.

Toshkent halqa avtomobil yo‘ligacha yangi ko‘cha quriladi
Cho‘ponota ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishmasida 583 metrlik yo‘l o‘tkazgich barpo etiladi. Bu yo‘l soatiga 3 mingta transport vositasini o‘tkazish quvvatiga ega bo‘ladi.

Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi
2020 yil 1 oktyabrga qadar Internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali ishga tushiriladi.

Jahon ma’lumot bazalarida O‘zbekistonning tarmoq indikatorlari to‘liq aks etmagan
Prezident 1 iyun kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda statistik kuzatuv ma’lumotlari 20 yil avval joriy etilgan dasturiy ta’minotdan foydalanilayotganini tanqid qildi. Davlat statistika qo‘mitasiga bir qator sohalar statistikasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish vazifasi qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev «Flowers Garden Park» ekoparkini sayr qildi (foto)
Davlat rahbari bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev 14 yildan beri ijarada yashab yurib, endi o‘z uyiga ega bo‘lgan oila mehmoni bo‘ldi (foto)
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sergeli tumanida barpo etilgan 16 qavatli uyni borib ko‘rdi.

Prezident Zangiotada qurilayotgan maxsus shifoxona xodimlarining oyliklari bonus tizimida bo‘lishi zarurligini ta’kidladi
Shavkat Mirziyoyev: Bunday zamonaviy shifoxonani qurish sermashaqqat, undan samarali foydalanish esa undan ham qiyin. Shuning uchun bu yerga vrach emas, tashkilotchi odam rahbar bo‘lishi kerak.

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining vakolatlarini kengaytiriladi
28 may kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan yig‘ilishda Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi Oliy Majlisga hisobdor etib belgilash masalasini ko‘rib chiqish topshirig‘i berildi.

OTMlarda raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet ochiladi
Oliy ta’lim tizimida raqobatni rivojlantirish yo‘nalishi bo‘yicha alohida fakultet, kunduzgi va sirtqi o‘qish shakli ochiladi.

1 ming 400 ga yaqin davlat aktivlarini xususiy investorlarga beriladi
Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga tarmoq rahbarlari bilan birga samarasiz ishlayotgan 711 ta korxonani tugatiladi.

Koronavirus jilovlangan davlatlar bilan turizm aloqalari bosqichma-bosqich tiklanadi
“Uzbekistan. Safe travel guaranteed” (“O‘zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan”) brendi ostida turistlar uchun sanitariya-epidemiologik xavfsizlik tizimi ishlab chiqildi. “Yashil” hududlar o‘rtasida ichki turizmga ruxsat berildi.

Prezident: Beparvolik pandemiyaga qarshi barcha ishlarimiz natijasini yo‘qqa chiqarishi mumkin
Bugungi videoselektor yig‘ilishi avvalida Prezident koronavirus bilan kasallanganlar soni oxirgi kunlarda ko‘payganini qayd etdi. Epidemiologik vaziyat yomonlashgan hududlar toifasini qayta ko‘rib chiqish, kunlik test olishni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Davlat xizmatchilariga har yili daromad, mol-mulk va katta xarajatlar to‘g‘risida deklaratsiyani taqdim etish majburiyati qo‘yiladi
Davlat xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yildi. Muhokama 6 iyungacha davom etadi.

Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi o‘lim holatlari maxfiylikdan chiqariladi
Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi bir qancha ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

«Qamchiq» dovonida «Toshkent-Andijon» pullik avtomobil yo‘li quriladi
“Qamchiq” dovonida muqobil tunnel qurilishini o‘z ichiga oluvchi “Toshkent-Andijon” pullik avtomobil yo‘li loyihasi bo‘yicha tender e’lon qilinadi.