16-oktabr, juma00:55Toshkent +18°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 963,16▲ 49,81EUR13 390,36▲ 61,70RUB142,33▼ 0,06CNY1 787,47▲ 7,71GBP15 870,33▲ 91,10JPY75,50▲ 0,18KRW8,95▲ 0,06CHF14 358,09▲ 46,04KZT26,47▼ 0,04
Siyosat

Tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasidagi o‘lim holatlari maxfiylikdan chiqariladi

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi bir qancha ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi

1 daqiqa o'qish35 marta o'qildi

“Ichki ishlar organlarining ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jazoni ijro etish sohasidagi quyidagi ma’lumotlar maxfiylikdan chiqariladi:

  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalari soni hamda ular joylashgan joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish faoliyati, ular tomonidan nomenklatura bo‘yicha va pul bilan ifodalanadigan ishlab chiqarilayotgan tovar mahsulotlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • IIVning jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida saqlanayotgan shaxslar orasida o‘lim holatlari soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  • jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan va tibbiy tusdagi majburiy choralar qo‘llaniladigan mahkumlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi