14-oktabr, chorshanba08:08Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Uzbekistan Airways xorijiy kompaniya boshqaruviga berilishi rejalashtirilmoqda

Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilar jalb qilinib, Uzbekistan Airways nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga beriladi.

1 daqiqa o'qish81 marta o'qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25 may kuni transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash va izchil rivojlantirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda yangicha sharoit va talablar asosida transport sohasining barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Transport vazirligiga Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyatlarini pandemiya ta’siridan olib chiqish bo‘yicha biznes model ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Yevropa—Xitoy yo‘nalishida yuk tashish bozoriga kirish orqali qo‘shimcha daromad olish, joriy va investitsiyaviy xarajatlarni optimallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Raqobatni kuchaytirish uchun fuqaro aviatsiyasi bozoriga yangi tashuvchilarni jalb qilish, Uzbekistan Airways’ni nufuzli xorijiy kompaniya boshqaruviga berish masalasi ko‘rib chiqildi.

Aeroportlarni modernizatsiya qilish, Andijon, Buxoro, Urganch va Qarshi xalqaro aeroportlarini davlat-xususiy sheriklikka berish bo‘yicha tender e’lon qilinishi belgilandi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi