14-oktabr, chorshanba10:48Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Prezident bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

1 daqiqa o'qish355 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Yig‘ilishda banklarning kredit portfeli va loyihalar sifatini oshirish masalasi muhokama qilindi. Stress-testlar natijalariga ko‘ra, muammoli kreditlar ulushi bir necha barobar ko‘payishi mumkinligi, bu esa bank tizimi uchun jiddiy xatar ekani qayd etildi.

Shu munosabat bilan muammoli kreditlarni hududlar kesimida batafsil tahlil qilib, kredit portfeli sifatini saqlab qolish bo‘yicha ta’sirchan mexanizm ishlab chiqish ko‘rsatmasi berildi. Markaziy bank barcha tijorat banklari kredit portfellari xatlovdan o‘tkazilgach, qiyin ahvolga tushib qolgan har bir mijozning moliyaviy imkoniyatlarini tiklash bo‘yicha aniq choralarni ishlab chiqishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilishda bank tizimida korrupsiyaga barham berish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbari barcha tijorat banklari raislari korrupsiyaga chek qo‘yish, komplayens-nazorat kabi ta’sirchan mexanizmlarni joriy qilish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishi lozimligini alohida ta’kidladi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi