14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Shavkat Mirziyoyev banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etiladi.

1 daqiqa o'qish93 marta o'qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 6 iyul kuni, bank aktivlarida xususiy sektor ulushini 15 foizdan 60 foizga oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish strategiyasini amalga oshirish hamda mamlakat tijorat banklarining transformatsiya jarayonini jadallashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

Tadbirda ushbu maqsadga erishish uchun qator muhim masalalarni hal qilish lozimligi ta’kidlandi. Birinchi navbatda banklar transformatsiyasi jarayonini faollashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hozirda 6 ta tijorat banki – “Ipotekabank”, “Sanoatqurilishbank”, “Turonbank”, “Asakabank”, “Aloqabank” va “Agrobank” moliyaviy diagnostika, istiqbolli strategiyalarni ishlab chiqish va xususiylashtirish masalalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni boshlagan. Biroq, boshqa banklarni transformatsiya qilish ishlari yetarli darajada faol olib borilmayapti, dedi davlatimiz rahbari.

Bu kamchilikni bartaraf etish uchun banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni xatlovdan o‘tkazish, Markaziy bank huzuridagi Qayta tayyorlash korporativ markazida avvalo joylardagi bank xodimlari uchun banklar transformatsiyasini tushuntirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish topshirildi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi