# Koronavirus

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga ko‘paydi
Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Garvard, Stenford, Yel: Dunyodagi 100 yetakchi universitetlar onlayn ta’lim uchun resurslar bilan o‘rtoqlashdi (+ro‘yxat)
Karantin dunyoga juda ko‘p qiziqarli masofaviy ta’lim uchun resurslarni ochdi va edtech'ni rivojlantirishda sezilarli darajadagi hamkorlikka yordam berdi.

Markaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit risklari ta’sirini yumshatish choralari yuzasidan Markaziy bank ma’lumot berdi.

Koronavirus yuqtirganlar soni o‘n nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bugun yana ikki nafarga ko‘paygan. Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlik fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ushbu kasallik aniqlangan.

Qanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin.

Halqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) koronovirus tarqalishi oqibatida yuzaga keluvchi iqtisodiy inqirozni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalarini bermoqda
Jahon iqtisodiyoti barqarorligini saqlab qolish uchun davlatlar tomonidan qo‘shimcha fiskal qo‘llab-quvvatlashni amalga oshirish zarur. Har bir davlat kasallikning tarqalishidan zarar ko‘rgan fuqarolar va biznes vakillariga kasallik bo‘yicha to‘lanuvchi kompensatsiyalarni ko‘paytirish va targetlashgan soliq imtiyozlarini berish orqali yordam berishini davom ettirishi kerak.

O‘zbekistonga xitoylik shifokorlar kelishi mumkin
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida Xitoydan malakalari shifokorlar olib kelinadi.

Koronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun ta’sir ko‘rsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.

O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan o‘zbekistonlik ayolning farzandi.

Karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlar va yolg‘on xabarlar tarqatganlar javobgarlikka tortiladi
Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirganlarga, shuningdek, yolg‘on va tekshirilmagan xabar tarqatganlarlarga ham chora ko‘radi.

Navro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.

O‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga vaqtidan oldin ta’til beriladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada bo‘lib qaytgan.

Dunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya e’lon qildi.

Koronavirus oziq-ovqat orqali yuqishi mumkinmi?
Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi boshqarmasi ilmiy xodimi Marta Xugasning ta’kidlashicha, koronavirus oziq-ovqat orqali yuqmaydi.

SSV: “COVID-19” koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkin?
Sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiyot fanlari doktori Botir Tadjiyevning koronavirus infeksiyasidan qanday saqlanish mumkinligi to‘g‘risidagi mulohazalarini bayon qildi.

Markaziy bank: Koronavirus sababli asosiy stavka yillik 16 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi
Markaziy bank asosiy stavkaning yillik 16 foiz darajasi o‘zgarishsiz qoldirilishini tartibga solinadigan narxlarning kutilayotgan erkinlashtirilishi va koronavirus sabab tashqi iqtisodiy noaniqliklarning kuchayishi bilan izohladi.

Putin Rossiyadagi koronavirus bilan bog‘liq holat haqida gapirdi
Vladimir Putin hukumat a’zolari bilan bo‘lgan yig‘ilishda mamlakatdagi koronavirus bilan bog‘liq vaziyat haqida gaplashdi. Odamlar haqiqiy vaziyatni bilishlari kerak, degan RF Prezidenti.

O‘zbekistonda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida karantinga olish tartiblari e’lon qilindi
Koronavirus tarqalgan davlatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki boshqa davlatlar orqali O‘zbekistonga kirib kelayotganlarning barchasi, fuqaroligidan qat’i nazar, majburiy karantinga olinadi. Karantindagi shaxslar tomonidan intizomni buzish holatlari kuzatilsa, qonuniy javobgarlikka tortish belgilangan.

Markaziy Osiyo va koronavirus: Nimalarni kutish mumkin?
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, koronavirus bilan zararlangan bemorlar dunyoning 75 ga yaqin mamlakatlarida aniqlangan va ularning umumiy soni 91 mingga yaqinlashdi. Ko‘plab epidemiologlar fikricha, ushbu virusni tiyib turish qiyin – u o‘ta yuqumli.

Koronavirus sabab bozorlar kasodga uchramoqda
Euronews koronavirus epidemiyasi tufayli ko‘pgina yirik kompaniyalarning zarar ko‘rayotgani haqida xabar qildi. Jusladan, ko‘plab aviakompaniyalar allaqachon Xitoyga parvoz qilishni to‘xtatgan.

Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi
Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni 99,6 foiz ishonchli aniqlaydigan test eksport qiladi. Bunaqa testdan Qirg‘iziston ham buyurtma bergan.