Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni aniqlaydigan test yetkazib beradi
Turkiya O‘zbekistonga koronavirusni 99,6 foiz ishonchli aniqlaydigan test eksport qiladi. Bunaqa testdan Qirg‘iziston ham buyurtma bergan.

O‘zbekiston Turkiyadan koronavirusni 2 soat ichida aniqlaydigan test sotib oldi. Bu haqida Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Faxrettin Kodjaga asoslanib Reuters xabar qilmoqda.
Turkiyada ishlab chiqilgan vosita koronavirusni 2 soat ichida 99,6 foiz ishonchlilik bilan aniqlaydi. Ushbu tashxis vositasi JST standartlariga muvofiq ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston ana shunday vositalardan 10 ming donadan buyurtma berishgan. Tibbiy vositalarni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi.



