Menejment
128 ta material
Iqtisodiyot va biznesLondonda UZINVEST Forumi o‘z ishini boshladi
Tadbirda mutasaddi davlat idoralari rahbarlari, bank sohasi, xususiy biznes vakillari, chet el investorlari, xalqaro moliya tashkilotlari, iqtisodiy tahlil va maslahat tashkilotlari, xalqaro hamda mahalliy OAV vakillari qatnashmoqda.
Iqtisodiyot va biznesJaloliddin Bekmurodov "Andijonneftmahsulot" AJ ga rahbar etib tayinlandi
Avval Jaloliddin Bekmurodov "O‘zbekneftgaz"AK da bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.
Iqtisodiyot va biznesSamarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yig‘ish yangi liniyasi o‘z faoliyatini boshladi
Samarqandda KAMAZ rusumli avtoulovlarni yig‘ishga mo‘ljallangan “UzAvto Trailer” MChJning yangi ishlab chiqarish liniyasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yangi korxonaning ochilish marosimida Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov, viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, “KAMAZ” YoAJ bosh direktori Sergey Kogogin, “O‘zavtosanoat” AK boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov va boshqalar ishtirok etishdi.
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kapital bozorini korporativ emitentlar uchun ochib berdi
London fond birjasida listingga kiritilgan va xalqaro kapital bozorlarida sotuvga chiqarilgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATBning 300 million AQSh dollari miqdoridagi xalqaro obligatsiyalari investorlar tomonidan yuqori baholandi.
Iqtisodiyot va biznesEndi uylar xususiy sektor tomonidan quriladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 22 noyabr kuni qishloqlar va shaharlarda aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.
Iqtisodiyot va biznesRossiyalik mutaxassis O‘zbekistonning YeOIIga kirishi mamlakatimiz iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini aytdi
Yevropa biznes ascotsatsiyasi boshqaruvi raisi hamda Schneider Electric'ning Rossiya va MDH bo‘yicha prezidenti Yoxan Vanderplayetsening fikricha, O‘zbekistonning YeOIIga kirishi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiyaning Interfakc agentligi xabar berdi.
O‘zbekiston hududida xizmat safariga chiqish va xarajatlarni qoplash tartibi qanday?
Xizmat safari deganda – xodimni tashkilot rahbarining farmoyishi bo‘yicha, o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, ma’lum bir muddatga yuborilishi (borib kelish) tushuniladi.
Iqtisodiyot va biznes«Markaziy bank to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahriri e’lon qilindi
Hujjat eski tahririda 1995 yildan buyon, deyarli 24 yil amal qilgan. 2018 yilning yanvar oyida qator tizimli muammolar: MBning mavjud boshqaruv va risk-menejment sifatiga ta’sir qilish mexanizmlarining takomillashmaganligi, bank faoliyatiga ma’muriy aralashuv, bank nazoratini amalga oshirishdagi qiyinchiliklar bois Markaziy bankda islohotlar boshlandi.
Markaziy OsiyoMarkaziy Osiyo davlatlari rahbarlari 27 noyabr kuni Toshkentda yig‘iladi
Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi maslahatlashuv uchrashuvi 27 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Bu haqda Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning so‘zlariga asoslanib, «Kazinform» xabar berdi.
SiyosatOrif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank rahbarining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi
Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Orif Bo‘tayev Sanoatqurilishbank raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Iqtisodiyot va biznesLombard va mikrokredit tashkilotlari kassalariga qo‘yiladigan talablar soddalashtirildi
MB Boshqaruvining qarori bilan ular tomonidan kassa operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi (ro‘yxat raqami 1719-3, 6.11.2019 yil).
Iqtisodiyot va biznesInnoWeek-2019. Xalqaro innovatsion-investitsion forumida 108,7 mln. dollarga teng anglashuv memorandumlari va investitsiya shartnomalari imzolandi
Haftalik doirasidagi yirik tadbir — “Xalqaro innovatsion-investitsion forum”da xorijiy diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy va xorijiy tadbirkorlar, ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdilar.
Iqtisodiyot va biznesShHT hukumat rahbarlari uchrashuvida yakuniy hujjatlar imzolandi
Toshkentda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar hukumat rahbarlarining uchrashuvi yakuniga ko‘ra qator xalqaro hujjatlar imzolandi.
Iqtisodiyot va biznesShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkaziladi
“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida.
Iqtisodiyot va biznesShHT Hukumat rahbarlari kengashining Toshkent majlisi
Toshkent shahrida 2 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining o‘n sakkizinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiyot va biznesBank-moliya akademiyasi O‘zmilliybank tasarrufiga o‘tkazildi
“Bank-moliya sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Iqtisodiyot va biznesQashqadaryo viloyatida GTL investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi
2019 yil 28 oktyabr kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida "Sho‘rtan GKM tozalangan metanga asoslangan bazasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish" investitsiya loyihasining qurilish maydonchasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi, Energetika vaziri — A.S.Sultonov rahbarligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
SiyosatO‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi
Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.
Iqtisodiyot va biznesXorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Iqtisodiyot va biznes«O‘zbekko‘mir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi
«O‘zbekko‘mir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
