14-oktabr, chorshanba10:43Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

«O‘zbekko‘mir» Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi

«O‘zbekko‘mir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

1 daqiqa o'qish2 186 marta o'qildi

«O‘zbekko‘mir»ning 45 foiz ulushi Rossiya kompaniyasiga ishonchli boshqaruvga berilmaydigan bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 24 oktyabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Qayd etilishicha, hujjat «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, shuningdek, ko‘mir qazib olishni yanada ko‘paytirish maqsadida qabul qilingan.

Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4234-son qarorida 1-5-bandlar hamda 1-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi. 6-banddagi «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi)» so‘zlari «ishonchli boshqaruvchi» so‘zlari bilan almashtiriladi. 10-bandning «v» kichik bandi ikkinchi xatboshisi «bojxona rasmiylashtiruvi» so‘zlaridan oldin «qo‘shilgan qiymat solig‘i va» so‘zlari bilan to‘ldiriladi.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 2019 yil 7 martdagi «O‘zbekko‘mir» aksiyadorlik jamiyatini boshqarish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida «ProgressGorTex» MChJ (Rossiya Federatsiyasi) sho‘’ba xo‘jalik jamiyati-ishonchli boshqaruvchi «O‘zbekiston temir yo‘llari»AJning «O‘zbekko‘mir» AJ ustav kapitalidagi 45 foiz aksiyalari paketining ishonchli boshqaruvchisi sifatida jalb etilishi belgilangandi.

Shuningdek qaror bilan, «O‘zbekko‘mir» AJga istisno tariqasida, aksiyalarni ishonchli boshqaruvga topshirilishiga qadar, «ProgressGorTex» MChJ bilan kelishgan holda tegishli ravishda ekspertizadan o‘tkazilgan kon-transport va yordamchi texnika, texnologik uskunalarni tender savdolari o‘tkazmasdan, eng yaxshi takliflarni tanlab olish asosida yetkazib berish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishga ruxsat berilgandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, «ProgressGorTex» 2018 yil 15 oktyabrda Nikolay Gennadevich Yemelyanov tomonidan tashkil etilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi