14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa vazirlari o‘zaro harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

1 daqiqa o'qish1 991 marta o'qildi

Avvalroq O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov rahbarligidagi harbiy delegatsiya Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun Ozarbayjonga jo‘nab ketgani haqida xabar berilgandi.

Bugun, 29 oktyabr kuni general-mayor Bahodir Qurbonov Ozarbayjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida harbiy sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zbekiston va Ozarbayjon mudofaa idoralari rahbarlari 2020 yilga mo‘ljallangan ikki davlat Mudofaa vazirliklari o‘rtasida harbiy hamkorlik rejasini imzoladilar.

30 oktyabr kuni Boku shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi