14-oktabr, chorshanba08:59Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 28 oktyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.

1 daqiqa o'qish1 974 marta o'qildi

Uchrashuv doirasida istiqbolli investitsiya bloklari va konlarda, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish uchun ilgari taqdim etilgan geologik ma’lumotlar muhokama qilindi.

"O‘zbekneftgaz" AJ geologiya-qidiruv ishlarini olib borish doirasida normativ-huquqiy hujjatlar, xususan xorijiy investorlarga beriladigan imtiyozlar va preferensiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, yuqorida qayd etilgan loyihani amalga oshirish uchun kompaniyalar o‘rtasidagi amalga oshirish mumkin bo‘lgan hamkorlikning shakllari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2019 yil noyabr oyining ikkinchi yarmida "Mubadala Petroleum" kompaniyasining taklifi bilan Abu-Dabida "Total E&P Activites Petrolieres", "NOVATEK" AJ va "O‘zbekneftgaz" AJ vakillari ishtirokida barcha materiallarni o‘rganish natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkaziladi va qo‘shma hamkorlikning keyingi bosqichlari aniqlanadi.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi