# Uzbekneftegaz

Jaloliddin Bekmurodov "Andijonneftmahsulot" AJ ga rahbar etib tayinlandi
Avval Jaloliddin Bekmurodov "O‘zbekneftgaz"AK da bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan.

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.