# ОАЭ

BAA va Yaponiya bilan hamkorlikdagi loyihalarning amalga oshirilish holati muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiyaga oliy darajadagi tashriflar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

BAA rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi
2020 yilning 1 yanvaridan e’tiboran Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) rezidenti maqomini olgan xorijiy davlatlar fuqarolari 30 kun muddatga O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston BAA ning hukumat akseleratorini yaratish tajribasini o‘rganmoqda
2019 yilning 3-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirligida (BAA) bo‘lib qaytdi.

Xorijiy kompaniyalarning vakillari bilan geologiya-qidiruv va uglevodorodlarni qazib olishni ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi
Joriy yilning 28 oktyabr kuni "O‘zbekneftgaz" AJ rahbariyati Birlashgan Arab Amirligining "Mubadala Petroleum", Fransiyaning "Total E&P Activites Petrolieres" va Rossiyaning "NOVATEK" kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida imzolangan ikki tomonlama hujjatlarni amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.