14-oktabr, chorshanba13:12Toshkent +23°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Iqtisodiyot va biznes

ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkaziladi

“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida.

1 daqiqa o'qish1 899 marta o'qildi

“Biz ShHT hukumat rahbarlarining keyingi yig‘ilishi Hindistonda o‘tkazilishiga kelishdik, u tashkilotimiz hukumat rahbarlari kengashida ilk bor raislik qiladi”, - dedi Aripov Toshkentdagi ShHT hukumat rahbarlari yig‘ilishida.

O‘zbekiston bosh vaziri hindistonlik hamkorlarni “bu mas’uliyatli missiya” bilan tabrikladi.

ShHT 2001 yilda tashkil etilgan. Dastlab tashkilotga Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston kirgan. 2017 yilda ShHTga Hindiston va Pokiston a’zo bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda ShHTda kuzatuvchi davlatlar: Afg‘oniston, Belarus, Eron va Mo‘g‘uliston, hamkor davlatlar - Ozarbayjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Shri-Lanka.

Tashkilotning kotibiyati Pekinda, mintaqaviy aksilterrorchilik tuzilma Toshkentda tashkil etilgan.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi