Sog'liq
325 ta material
SiyosatPrezident koronavirusning iqtisodiyotga salbiy ta’siri va global inqirozni yumshatish bo‘yicha Farmon imzoladi
Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi.
JamiyatTransportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish qancha muddatga to‘xtatilishi aytildi
Koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida barcha turdagi transport vositalarida xalqaro yo‘nalishda yo‘lovchi tashish 20 mart kunidan boshlab to‘xtatiladi. Ushbu cheklov tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev inqirozga qarshi choralarni e’lon qildi
Prezident tomonidan mas’ul tashkilotlarga koronavirus ta’siri eng yuqori bo‘lgan iqtisodiyot tarmoqlariga soliq ta’tillari va kredit qarzlari bo‘yicha imtiyozlar berish, byudjet ssudalari ajratish yuzasidan vazifalar berildi.
JamiyatFransiyada bo‘lib qaytgan ayolning yaqinlarida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda ilk koronavirus yuqtirgan ayolning yana 3 ta yaqinida koronavirus aniqlandi. O‘zbekistonda ushbu virusni yuqtirganlar soni ortdi.
SiyosatPrezident koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi
"Mamlakatimizda yetarli darajada zaxira mavjud, xavotir yoki vahimaga tushishga hech qanday asos yo‘q. Ammo ko‘pga kelgan bu baloga qarshi hammamiz birgalikda, bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilishimiz lozim", dedi Shavkat Mirziyoyev.
JamiyatO‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha bir qator profilaktik cheklovlar joriy etildi
Bemor va uning oila a’zolari, bemor bilan muloqotda bo‘lganlarning shaxsiy ma’lumotlari sir saqlanishi bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi. Shuningdek, koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha yana bir qancha cheklovlar o‘rnatilgan.
JamiyatO‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar yana ikki nafarga ko‘paydi
Istanbuldan kelgan O‘zbekiston fuqarosi va Londonda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaromizning turmush o‘rtog‘ida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangan.
Iqtisodiyot va biznesMarkaziy bank: Kreditning asosiy qarzini qaytarish muddati uzaytiriladi
Koronavirus infeksiyasining tarqalishi oqibatida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit risklari ta’sirini yumshatish choralari yuzasidan Markaziy bank ma’lumot berdi.
JamiyatKoronavirus yuqtirganlar soni o‘n nafarga yetdi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni bugun yana ikki nafarga ko‘paygan. Istanbuldan kelgan o‘zbekistonlik fuqaroning turmush o‘rtog‘ida ushbu kasallik aniqlangan.
JamiyatQanday maska viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot maskalari taqishni maslahat beradi, chunki ular havo orqali viruslar tarqalishini cheklashi mumkin.
JamiyatO‘zbekistonga xitoylik shifokorlar kelishi mumkin
O‘zbekistonda koronavirusning tarqalib ketishini oldini olish maqsadida Xitoydan malakalari shifokorlar olib kelinadi.
Iqtisodiyot va biznesKoronavirus tufayli joriy etilgan karantin eksport-import uchun ta’sir ko‘rsatmaydi
16 mart kunidan boshlab Davlat chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida shaxslar va yo‘lovchi tashuvchi transport vositalari harakatini vaqtincha to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Mazkur cheklovlar yuk avtomobillari, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar, ularning transport vositalari va tashilayotgan tashqi savdo yuklariga taaluqli emas.
JamiyatO‘zbekistonda koronavirus yuqtirganlar soni ortdi
SSV matbuot xizmatining xabar qilishicha, hozirda mamlakatimizda koronavirus bilan kasallanganlar soni to‘rt nafarga yetgan. Ularning ikki nafari sayohatdan kelgan o‘zbekistonlik ayolning farzandi.
JamiyatNavro‘z bayrami va ommaviy tadbirlar o‘tkazish bekor qilindi
Bosh vazir ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda koronavirusning tarqalishini oldini olish maqsadida Navro‘z bayrami tantanalarini o‘tkazish va odamlar to‘planadigan tadbirlarni o‘tkazish bekor qilindi.
JamiyatO‘zbekistondagi barcha ta’lim muassasalariga vaqtidan oldin ta’til beriladi
Koronavirus sabab O‘zbekistondagi barcha maktablar, bog‘chalar va OTMlar karantinga yopiladi.
JamiyatO‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq ilk holat aniqlandi
15 mart kuni ilk koronavirus yuqtirgan fuqaro aniqlangan. U Fransiyada bo‘lib qaytgan.
Iqtisodiyot va biznesDunyo boylari koronavirus sabab katta miqdorda pul yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari yil boshidan buyon qariyb 1 trln dollaridan ayrilgan. Bunday holat sakkiz yil davomida ilk marta kuzatilgan.
JamiyatUzbekistan Airways yana bir nechta davlatlarga qatnovlarni bekor qildi
Aviakompaniya koronavirus tufayli yana bir qancha davlatlarga qatnovni bekor qildi. Reyslari bekor qilingan yo‘lovchilarga chiptani qaytarish qo‘shimcha to‘lovlarsiz va jarimalarsiz amalga oshiriladi.
JamiyatNavro‘zda o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar bekor qilindi
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda Navro‘z bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilishi rejalashtirilgan qator tadbirlar koronavirus sababli bekor qilindi. Xalq sayli va umumxalq xayriya hashari esa tegishli profilaktik tadbirlar ko‘rilgan holda o‘tkaziladi.
JamiyatJahon sog‘liqni saqlash tashkiloti koronavirus pandemiyasini e’lon qildi
Butun dunyoda bir necha mamlakatlarni qamrab olgan va minglab kishilarga yuqqan ommaviy kasallik koronavirusning tarqalishi sababli JSST pandemiya e’lon qildi.
