Davlat tomonidan tartibga solish
675 ta material
JamiyatQishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasi uchun magistraturada o‘qish muddatini 1 yil etib belgilandi
“Agrar ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Qaror bilan agrar sohadagi OTMda kredit-modul tizimi joriy etiladi hamda Toshkent davlat agrar universitetida bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha masofaviy ta’lim olish tizimini bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yiladi.
SiyosatPrezident: Musa Yerniyazov qahramon, xalqning qahramon rahbari edi (foto)
Nukus shahrida O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazovning vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, marhumning oila a’zolariga, xalqimizga chuqur hamdardlik bildirdi. Musa Yerniyazov ulkan rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan hurmat qozongani ta’kidlandi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: Musa Yerniyazov dafn etilgan qabristonni ziyorat qiladigan maskanga aylantiramiz (foto)
Shavkat Mirziyoyev 1 avgust kuni Nukus shahridagi «Shorsha baba» qabristoniga tashrif buyurib, Musa Yerniyazov qabrini ziyorat qildi.
Iqtisodiyot va biznesPrezident farmoni: 1 sentyabrdan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi
Prezident farmoniga binoan 1 sentyabrdan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 262 470 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 513 350 so‘m etib belgilandi.
TrendlarBir martalik yordam puli ajratish to‘g‘risida Prezident farmoni imzolandi
Ko‘makka muhtojlar ro‘yxatiga kiritilgan oilalarning har bir a’zosiga yordam puli ajratiladi. Bundan tashqari, 14 yoshgacha bolalari bo‘lgan ehtiyojmand nafaqa oluvchi oilalarning amaldagi soni 2 barobarga oshiriladi. Shuningdek, keksa yoshdagi hamda nogiron shaxslarning nafaqalari 10 foizga oshadi.
JamiyatAOKAga yangi rahbar tayinlandi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga Prezident Qarori bilan Asadjon Xo‘jayev rahbar etib tayinlandi. Asadjon Xo‘jayev 2017 yilda bir oz muddat Prezident matbuot xizmati rahbari bo‘lib ishlagan.
Iqtisodiyot va biznesMonopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi: Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgan
Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi o‘tkazgan tekshiruvda Uzauto Motors "Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzgani aniqlanib, kompaniyaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash zarurligini aytdi
Davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash milliy tizimini qo‘llab-quvvatlash, jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta’minlash zarurligi qayd etdi.
SiyosatKorrupsion va yashirin faoliyatga mukkasidan ketgan noinsof tadbirkorlarga nisbatan javobgarlik kuchaytiriladi
27 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda 43 ta idoraning 270 ta nazorat funksiyasi tanqidiy o‘rganilib, yashirin iqtisodiyot va korrupsiyaga sabab bo‘layotgan vakolatlarni qisqartirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
MulohazaKorporativ ijtimoiy mas’uliyat to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar sonining ko‘payishi garovimi?
Hukumat ekspertlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining hajmi va o‘sish sur’ati har yili taxminan 12 milliard dollarlik TTXIni talab etadi.
SiyosatSudlar faoliyati takomillashadi
Davlat ayblovchisi ayblovdan voz kechgan taqdirda reabilitatsiya asoslariga ko‘ra jinoyat ishini tugatiladi.
SiyosatPrezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga oid to‘plam nashrdan chiqarildi
To‘plamda davlat rahbarining 2016 yil sentyabr oyidan 2020 yil 1 yanvargacha bo‘lgan davrdagi siyosiy faoliyati solnomasi batafsil aks ettirilgan.
Jamiyat“Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” qanday yutuqlarga erishmoqda?
Mo‘ynoqda ishsiz yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida, joriy yilning fevral oyida Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan, qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan “Mo‘ynoq kelajagi bunyodkorlari” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.
SiyosatKoronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishda fidoyilik ko‘rsatgan yurtdoshlarimizdan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzolandi.
SiyosatPrezident videoselektor yig‘ilishida bir qancha topshiriqlar berdi
Suv xo‘jaligi vazirligiga 2025 yilga qadar sohani to‘liq raqamlashtirish, jumladan, suvni nazorat qilish va hisobini onlayn tarzda yuritish bo‘yicha dasturiy mahsulot ishlab chiqish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Siyosat2021 yil yakunigacha 3 ming gektarda plantatsiya shaklida intensiv bog‘lar barpo etiladi
Kelgusi uch yilda viloyatda qariyb 120 ming gektarga yaqin yer o‘zlashtirilishi, bog‘ va tokzorlar tashkil qilinib, moyli ekinlar ekilishi rejalashtirilmoqda.
SiyosatPrezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirdi
Kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytiriladi.
SiyosatShavkat Mirziyoyev: Pandemiyani jilovlashda jasorat ko‘rsatgan tibbiyot xodimlari taqdirlanadi
Bir guruh tibbiyot, ichki ishlar, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari hamda Milliy gvardiya xodimlarini va boshqa tashkilotchilarini faxriy unvon, orden va medallar bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmonni imzoladim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Iqtisodiyot va biznesMarkaziy bank asosiy stavkasi 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldi
Markaziy bank yil yakuni bo‘yicha inflyasiya prognozini 11-12,5 foiz darajasida o‘zgartirishsiz saqlab qoldi va Hukumat bilan birgalikda unga erishish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘rib boradi.
Iqtisodiyot va biznesPrezident mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga obligatsiyalar chiqarish huquqini berishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi
Ushbu qonunning qabul qilinishi davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish imkonini beradi.
