14-oktabr, chorshanba10:47Toshkent +22°

Iqtisodiy gazeta · Birja · 1994-yildan buyon

MB kursi
USD11 913,35▲ 14,26EUR13 328,66▲ 30,24RUB142,39▲ 0,86CNY1 779,76▲ 1,87GBP15 779,23▲ 35,54JPY75,32▲ 0,29KRW8,89▼ 0,04CHF14 312,05▲ 29,14KZT26,51▲ 0,11
Siyosat

Prezident amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirdi

Kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytiriladi.

1 daqiqa o'qish239 marta o'qildi

Ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida navbatdagi videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida bugun mamlakatimiz pandemiyaga qarshi qanday kurash olib borayotganiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

- Biz pnevmoniyani davolashda nafaqat o‘zimizning shifokorlar, balki videoaloqa orqali xorijdagi yetakchi mutaxassislarni konsultatsiya berishga jalb qilyapmiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. - Hozirgi vaqtda germaniyalik tibbiyot professori yurtimizga kelib, davolash jarayonlarida bevosita ishtirok etmoqda. Bugun Turkiyadan bir guruh professorlar yetib keladi. Boshqa davlatlardan ham eng tajribali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha ish olib boryapmiz.

Prezidentimizning qayd etishicha, bugungi kunda eng muhim vazifa aholi o‘rtasida virus zanjirini uzish hisoblanadi. Buning uchun karantin talablariga so‘zsiz amal qilish, ularning immunitetini mustahkamlash, sog‘ligini asrab-avaylash, har bir insonning hayoti uchun kurashish zarur.

Shu munosabat bilan, shuningdek, kasallik yuqtirilishining oldini olish, o‘lim holatlarini keskin kamaytirish maqsadida Respublika maxsus komissiyasining amaldagi karantin cheklovlarini uzaytirish taklifiga rozilik bildirildi.

Bunda “Pandemiyaga qarshi kurash – har birimizning vijdon ishimiz”, “O‘zim, oilam, farzandlarim sog‘lig‘i uchun avvalo o‘zim javobgarman”, degan fikrlarni xalqimiz ongiga chuqur singdirish va amaliy hayot mezoniga aylantirish lozimligi ta’kidlandi.

Bugun pandemiyani jilovlashda hokimliklar, sektorlar, sog‘liqni saqlash, ichki ishlar idoralari rahbarlari va xodimlari, mahalla faollari, nuroniylar zimmasida juda katta mas’uliyat turibdi. Chunki aholining aksariyati, keksalar, bolalar, xotin-qizlar uyda o‘tirishga majbur. Ularning birinchi galdagi hayotiy ehtiyojlarini ta’minlash, tegishli tibbiy va boshqa yordam ko‘rsatish aynan ana shu tashkilotlarga va faollarimizga bog‘liq.

- Barchamiz hamjihatlikda, chuqur mas’uliyat bilan tizimli ishlasak, bu og‘ir sinovlarni albatta yengamiz. Yana bir bor takrorlayman, bugungi kundagi eng muhim talab - barchamiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga o‘rganishimiz shart, - dedi, jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev.

O'zb
↑↓ tanlashEnter ochishYozishni boshlang — natijalar darhol chiqadi